🦌 Xorazm milliy tabiat bog'i hududlarida 2024-yil 29-yanvar kuni biotexnik tadbir o'tkazildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti "Xorazm milliy tabiat bog'i"da yovvoyi hayvonlarni qish sovug‘idan betalofat olib chiqish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

❄️ Qishning qahraton sovug‘i hayvonot olamiga ham jiddiy xavf soladi: Amudaryo qirg'oqlarida joylashgan to'qayzorlarda yashovchi yovvoyi hayvonlar uchun yemish topish qiyinlashadi. Ularni asrab qolish maqsadida “Xorazm milliy tabiat bog'i” ning hayvonlar ko‘p uchraydigan hududlariga dag'al hashak va omuxta yem mahsulotlari qo‘yib chiqildi.
30-01-2024, 13:12
Ko'rishlar: 25
Sahifani chop etish
ru en uz