



🦌 Xorazm milliy tabiat bog'i hududlarida 2024-yil 18-yanvar kuni biotexnik tadbirlar o'tkazildi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Xorazm milliy tabiat bog'i"da yovvoyi hayvonlarni qish sovug‘idan betalofat olib chiqish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
❄️ Qishning qahraton sovug‘i hayvonot olamiga ham jiddiy xavf soladi: Amudaryo qirg'oqlarida joylashgan to'qayzorlarda yashovchi yovvoyi hayvonlar uchun yemish topish qiyinlashadi. Ularni asrab qolish maqsadida “Xorazm milliy tabiat bog'i” ning hayvonlar ko‘p uchraydigan hududlarda yem hashak kabi mahsulotlar qo‘yib chiqildi.