

#umumxalq xayriya hashari
2026 yil 13-14 mart kunlari "Umumxalq xayriya hashari" o'tkazilishi bo'yicha Xorazm milliy tabiat bog'ining xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xayriya hashari davomida Xorazm milliy tabiat bog'ining ma'muriy binosi atroflari hamda tabiat bog'ining hududlarida joylashgan nazorat postlari atroflari obodonlashtirilib, daraxt va butalar oqlanib, hududlar chiqindilardan tozalandi. Ushbu tadbirdan asosiy maqsad atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatni toza saqlashdan iborat.