Biotexnik tadbir

Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti  tasarrufidagi  Xorazm milliy tabiat bog'ining  muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda har yili qish faslida  hayvonot dunyosini uchun qo‘shimcha ozuqa maydonchalari yaratish maqsadida biotexnik tadbirlar o‘tkaziladi.

Ushbu  hududlarda  yovvoyi hayvon va qushlar ozuqa izlagan  vaqtda ularning yashash sharoitini yaxshilash va qish mavsumidan betalofat olib chiqish maqsadida,  milliy tabiat bog'i xodimlari  tomonidan vaqtinchalik oziqlantirish punktlari va maydonchalarini tashkil qilish,  bu yerlarga omuxta yem va dag‘al hashaklarni qo'yib chiqish  jarayonlari  amalga oshirilmoqda. Hayvonlarning  o'tish  ehtimoli  ko'p  bo‘lgan joylarga ozuqabop mahsulotlar qo'yib  chiqildi. 
Milliy tabiat bog'i   hududida bu kabi biotexnik tadbirlar bahor fasli kirib, kunlarni  isishi, yovvoyi hayvon, qushlar va jonvorlarning tabiiy yashashlari  uchun  tabiatning o‘zi qulay  sharoit yaratib berguniga qadar davom ettirilishi belgilangan.

🌳Xorazm milliy tabiat bog'i🌳
19-12-2025, 16:59
Ko'rishlar: 21
Sahifani chop etish
ru en uz