

22 aprel "Xalqaro Yer kuni"
O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi tasarrufidagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti Xorazm milliy tabiat bog'ining ilmiy hodimlari hamda Urganch davlat universitetining professor o'qituvchilari ishtirokida Universitetning ma'muriy binosida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda tabiiy fanlar fakulteti talabalari ishtirok qildilar. Tadbir davomida yer resurslarini tejash, global iqlim o'zgarishi va ularni oldini olish bo'yicha bahs-mu'zokaralar olib borildi.
Вчера, 09:11
Ko'rishlar: 10
Sahifani chop etish