«Biz birgalikda korrupsiyani to'xtatamiz»


Xorazm viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi I.Maxmudov tomonidan Xorazm milliy tabiat bog'i hodimlari bilan birgalikda «Biz birgalikda korrupsiyani to'xtatamiz» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.Mazkur uchrashuvda Xorazm milliy tabiat bog'i hodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining ijrosidan kelib chiqib, mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, jamiyat rivojiga va mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lgan va sohalar yuksalishiga tahdid tug‘diradigan illat-bu korrupsiya ekanligi borasida bilim va tavsiyalar berilib, fikr-mulohazalar tinglandi.
1-05-2024, 17:41
Ko'rishlar: 174
Sahifani chop etish