22-may Xalqaro biologik xilma-xillik kuni



O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Xorazm milliy tabiat bog'i" hamda KIVA agroinnovatsiyalar, fan, ta'lim va biznes markazi bilan hamkorlikda Urganch tumanidagi 40-son maktabi o'quvchilariga Xalqaro biologik xilma-xillik kuni munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi.
Ushbu tadbir davomida Milliy bog' raxbarlari tomonidan viloyatimizda qilinayotgan ishlar to'g'risida, biologik xilma-xillik va uni muhofaza qilishning ahamiyati haqida ma'lumot berib o'tildi. Maktab o'quvchilarining biologik xilma-xillik kuniga bag'ishlab tayyorlagan sahna ko'rinishlari tomosha qilindi va sana munosabati bilan qiziqarli viktorina o'yinlari o'tkazildi, tadbir yakunida faol ishtirok etgan o'quvchilar va maktab jamoasi o'qituvchilari Faxriy yorliq va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
22-05-2024, 17:31
Ko'rishlar: 187
Sahifani chop etish