

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Departamenti Xorazm milliy tabiat bog'ining tabiat muzeyida Urganch tumani 25-son o'rta ta'lim maktabining oʻquvchilari bilan birgalikda 22 may "XALQARO BIOLOGIK XILMA - XILLIK KUNI" munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda oʻquvchilarga "Qizil kitob"ga kirtilgan oʻsimlik va hayvonlar haqida, hamda Xorazm milliy tabiat bog'ining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.