


Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan Yangi O‘zbekiston farzandlari ham ana shunday ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda. .
Ushbu sana munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti “Xorazm milliy tabiat bog'i"ning ishchi hodimlari va ularning oila azolari ishtirokida tabiat qo'ynida tadbir tashkil etildi.