Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti Xorazm milliy tabiat bog'ining rahbar va mas'ul hodimlari bilan birgalikda 30 - iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan Xorazm viloyati Urganch shahri "Avesto" majmuasida bo'lib o'tgan tadbirda faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida sana munosabati bilan mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun ko'rgazma tashkil etildi. Shunga ko'ra mahalliy mehmonlar va yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha vakillari tomonidan to'liq javob oldilar.